Live
11
O'zbek

«Chelsi» «Atalanta» himoyachisini 40 million yevrodan ortiq summaga oladi

Futbol
26 avgust, 14:57
18 yoshli futbolchi uchun muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan va transfer tez orada rasmiylashishi mumkin.
«Chelsi» «Atalanta» himoyachisini 40 million yevrodan ortiq summaga oladi
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Atalanta» va Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Xonest Ahanorni transfer qilishga yaqin. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 18 yoshli futbolchi uchun 40 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘laydi. Muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan.

«Chelsi» va «Atalanta» o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar transfer jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Joriy transfer oynasida Marco Palestra ham Bergamo klubidan London jamoasiga o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Palestraning transferi 57 million yevro va bonuslar sifatida yana 3 million yevroga baholangan. Shuningdek, kelajakdagi qayta sotuvdan 10 foiz ulush «Atalanta»ga tegishi belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Atalanta Atalanta
Bugungi yangiliklar