Live
3
O'zbek

Jekson transferini Emerining shaxsan o'zi talab qilmoqda

Futbol
26 avgust, 12:51
Birminghemliklar senegallik hujumchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga yaqinlashgan.
Jekson transferini Emerining shaxsan o'zi talab qilmoqda
Foto: Getty Images

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson transferini amalga oshirishni talab qilmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, birminghemliklar 25 yoshli senegallik futbolchi va uning vakillari bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha deyarli kelishib olgan. Endi Emeri klub rahbariyatidan «Chelsi» bilan rasmiy muzokaralarni boshlashni istamoqda.

«Aston Villa» hujumchi uchun 70 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Jekson o‘tgan mavsumni «Bavariya» safida ijara asosida o‘tkazdi. U barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Jeksonning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar