Live
2
O'zbek

«Aston Villa» Nikolas Jekson transferini yakunlashga yaqin

Futbol
26 avgust, 12:11
Birminghem klubi hujumchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga deyarli erishdi.
«Aston Villa» Nikolas Jekson transferini yakunlashga yaqin
Foto: Getty Images

«Aston Villa» «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson transferini amalga oshirish uchun muzokaralarni jadallashtirdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Aston Villa» futbolchining vakillari bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga deyarli erishgan. Bosh murabbiy Unai Emeri ham transferni amalga oshirish tarafdori.

Endilikda birminghemliklar «Chelsi» bilan klubdan klubga muzokaralarni boshlagan. «Aston Villa» senegallik hujumchi uchun 60 million funtdan yuqori umumiy paket taklif qilishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Jekson 2023-yildan buyon «Chelsi» safida to‘p tepmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2033-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar