«Galatasaroy» klubi «Milan» vingeri Rafael Leau uchun kurashni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubi portugaliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Shuningdek, «Milan»ga yaxshilangan qiymatni taklif qiladi.
Qayd etilishicha, «rossoneri» Leau bo‘yicha 50 million yevroga yaqin taklifni kutmoqda.
Avvalroq «Galatasaroy» Rafael uchun 35 million yevro taklif qilgan. Biroq klub buni rad etgandi.
Ma'lumot uchun, Leau 2019 yildan buyon «Milan»da o‘ynab kelmoqda. Futbolchi faoliyati davomida «Sporting» va «Lill» jamoalarida ham o‘ynagan.