Live
3
O'zbek

Alonso jamoa Fernandesni keyingi bahsda kutayotganini aytdi

Futbol
26 avgust, 13:20
Transfer atrofidagi shov-shuvlarga qaramay, futbolchi navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Alonso jamoa Fernandesni keyingi bahsda kutayotganini aytdi
Foto: Getty Images
30.08.2026, 09:00 Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi - : - Brayton Brayton

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso yarimhimoyachi Enso Fernandesning navbatdagi uchrashuvda ishtirok etishi haqida fikr bildirdi. So‘nggi kunlarda «Manchester Siti» futbolchini transfer qilishga faol urinmoqda.

Shunga qaramay, Fernandes Liga kubogida «Luton»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

«Ha, uning ishtirok etishini kutmoqdamiz. U mashg‘ulotlarda qatnashdi, juda yaxshi ishlamoqda. U professional va o‘yinga jalb etiladi», — dedi Alonso.

Murabbiydan Fernandesni jamoada saqlab qolishni istash-istamasligi ham so‘raldi.

«Biz imkon qadar kuchli tarkibga ega bo‘lishni xohlaymiz. Uning sifatlarini bilamiz. U buni allaqachon namoyish etdi. Hozir ertangi o‘yinga e’tibor qaratamiz va voqealar qanday rivojlanishini ko‘ramiz», — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» Fernandes ketgan taqdirda uning o‘rniga «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skottni yana bir bor ko‘rib chiqishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Brayton Brayton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar