«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh so'nggi 16 yil ichida Professional Futbolchilar Assotsiatsiyasi (PFA) talqiniga ko'ra Angliya Premyer-ligasining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi mukofotini olgan birinchi «qizil iblislar» o'yinchisi bo'ldi.
Oxirgi bor 2010 yilda mankunianliklar sobiq hujumchisi Ueyn Runi bunga erishgandi.
O'tgan mavsum APLda Brunu musobaqaning eng yaxshi assistentiga aylandi. Portugaliyalik yarimhimoyachi 35 ta bahsda 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Manchester Yunayted» futbolchisi bir mavsumdagi assistlar soni bo'yicha Premyer-liga rekordini o'rnatib, Terri Anri va Kevin De Bryuyne natijasini (20 tadan assist) yangiladi. Shuningdek, 31 yoshli futbolchi turnirda 9 ta gol urdi.
Fernandesh «MYu» futbolchilari 16 yildan beri qo'lga kiritmagan sovrinni yutdi
Futbol
26 avgust, 03:37
Portugaliyalik yarimhimoyachi PFA talqiniga ko'ra APLda mavsum o'yinchisi deb topildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi