«Brayton» Jauan Hajamni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
23 yoshli chap qanot himoyachisi «Yang Boyz» klubidan Angliya jamoasiga o'tdi va 2031 yilga qadar shartnoma imzoladi.
L’Equipe jurnalisti Loik Tanzining ma'lum qilishicha, transfer qiymati 11 mln yevroni tashkil etgan. Yana 2 mln yevro shveytsariyaliklarga bonuslar ko'rinishida to'lanishi mumkin.
Hajam o'tgan mavsumda Shveytsariya chempionatida 20 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgani va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgani ma'lum. 2026 yilgi Jahon chempionatida Jazoir milliy jamoasi futbolchisi 3 ta o'yinda ishtirok etdi.
«Brayton» Jazoir milliy jamoasi himoyachisini sotib oldi
Futbol
26 avgust, 00:34
23 yoshli Hajam faoliyatini APLda davom ettiradi.
Foto: Brighton Howe Albion