"Barselona" vingeri Entoni Gordon markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynay olishi haqidagi savolga javob berdi.
"Ha, albatta. O'tgan mavsumda "Nyukasl" tarkibida bu pozitsiyada ko'p o'ynadim. Menimcha, juda yaxshi o'yin ko'rsatdim.
Menda tipik "to'qqizlik" uchun yetarlicha kuchli jihatlar bor. Orqaga tushib, sheriklarim bilan kombinatsiyada va ularga yordam berib o'ynay olaman. Buni qila olaman. Menga bu pozitsiyada o'ynash yoqadi", — deya Gordonning so'zlarini keltiradi BBC.
Gordon "Barsa"da markaziy hujumchi sifatida o'ynay olishini aytdi
Futbol
26 avgust, 01:18
Angliyalik vingerga bu pozitsiya ham begona emas.
Foto: Getty Images