Bugun
20
O'zbek

Nukusda "Turon" stadioni foydalanishga topshirildi

Futbol
26 avgust, 01:43
Yangi majmua zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilma bilan taʼminlangan.
Nukusda "Turon" stadioni foydalanishga topshirildi
Foto: UzPFL

Kecha, 25-avgust kuni Nukusdagi zamonaviy "Turon" stadioni foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi PFL matbuot xizmati.

Yangi stadion zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilma bilan taʼminlangan boʻlib, undan nafaqat futbol musobaqalarini oʻtkazish, balki yosh futbolchilarni tayyorlash va sportchilar uchun qulay sharoitlar yaratishda ham keng foydalaniladi.

Stadion majmuasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Futbol akademiyasi faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun 196 oʻrinli zamonaviy yotoqxona, 84 oʻrinli oshxona, trenajyor zali, tahlil qilish xonalari va qoʻshimcha 2 ta zaxira maydonlar barpo etildi.

"Turon" stadioni
Foto: UzPFL
Bugungi yangiliklar