Bugun
20
O'zbek

Xavi: «Pep va Slotdan keyin turish ham yomon emas. Har holda podiumdamiz»

Futbol
26 avgust, 00:10
Niderlandiya bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan mutaxassis lavozimga uchinchi nomzod bo'lganiga munosabat bildirdi.
Xavi: «Pep va Slotdan keyin turish ham yomon emas. Har holda podiumdamiz»
Foto: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xavi Qirollik Futbol Ittifoqi (KNVB) tomonidan hozirgi lavozimiga uchinchi nomzod sifatida ko'rilganiga hazilomuz tarzda munosabat bildirdi.

25 avgust kuni «Barselona»ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Niderlandiya milliy jamoasi ustoz sifatida tanishtirildi. U 2030 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Matbuot anjumanida avval KNVB texnik direktori Nayjel de Yong so'zga chiqdi. U ittifoqda bir nechta nomzod ko'rilganini, dastlabki ikki nomzod Pep Gvardiola va Arne Slot bo'lganini aytdi.

«Shundan so'ng biz darhol hozir yonimda o'tirgan Xaviga e'tibor qaratdik.

Muhokamalarni ambitsiyalar, o'yin uslubi va taktik jihatlarga asoslangan holda olib bordik. Suhbatlar so'nggi to'rt hafta davomida bo'lib o'tdi. Xavining Barselonadagi uyida bir necha marta uchrashdik, u Niderlandiyaga ham keldi. Uning futbolga bo'lgan qarashlari va o'yin uslubi haqida juda yaxshi suhbatlar bo'ldi.

Xavi o'zini niderland futboli farzandi deb ataydi. U bizning futbol madaniyatimizni baham ko'radi. Hujumda ham, himoyada ham aniq o'yin tamoyillarimiz bor. Xavi jozibador futbol, yuqori pressing, dominant o'yin va doim to'p nazoratiga intilishni ifodalaydi. U bizning tamoyillarimizga yaqin bo'lgan g'oyalarga amal qiladi. Shuning uchun menimcha, bu — to'g'ri tanlov»,
— dedi de Yong.

Keyinroq jurnalistlardan biri Xavidan so'radi: «Gvardiola va Slotdan keyin bu lavozim uchun uchinchi tanlov bo'lganingizni bilgan holda nimani his qilyapsiz?»

«Men uchun bu ulkan sharaf — axir bu Niderlandiya. Bolaligimda Niderlandiya milliy jamoasining o'yinlarini ko'rganimda, ular chiroyli futbol namoyish etardi. Men ham shunday o'ynashni xohlayman. Bu — mening maqsadim. Uchinchi yoki o'ninchi tanlov bo'lganimning menga farqi yo'q.

Gvardiola va Slotdan keyin turish ham yomon emas, to'g'rimi? Hech bo'lmaganda podiumdamiz»
, — dedi murabbiy va bu gapi jurnalistlarning kulgusiga sabab bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
Bugungi yangiliklar