"Yuventus" darvozaboni Mattia Perin faoliyatini "Palermo"da davom ettiradi.
Jurnalist Gianluca Di Marzioning xabar berishicha, B Seriya klubi 33 yoshli italiyalikni 500 ming yevrodan biroz kamroq mablag'ga sotib oladi va u bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.
Dastlab turinliklar Perinni 500 ming yevro evaziga ijaraga berishni, agar "Palermo" A Seriyaga chiqsa, 1,5 mln yevroga majburiy ravishda sotib olish shartini qo'shishni rejalashtirgandi. Biroq yakunda "Yuventus" bitim shartlarini yumshatdi.
Darvozabon o'tgan mavsumda A Seriyada 9 o'yinda maydonga tushib, ularning 2 tasida to'p o'tkazmagan. U faoliyati davomida "Jenoa" va "Padova" klublarida ham harakat qilgan.
"Yuventus" Perinni B Seriya klubiga ijaraga beradi
Futbol
26 avgust, 00:55
33 yoshli darvozabon arzon narxga transfer qilinmoqda.
Foto: Getty Images