«Roma» hujumchisi Paulo Dibala A Seriya 1-tur doirasidagi «Fiorentina»ga qarshi o'yin (4:0) haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Men futbol o'ynashni juda xohlagandim, chunki ta'til paytida to'pga deyarli tegmadim. Muxlislarimiz oldida mavsumni bunday boshlash juda yoqimli bo'ldi.
Qolish istagim allaqachon bor edi, hech qanday shubha yo'q edi. Shuning uchun yana shu yerda, mana shu insonlar va murabbiy uchun o'ynash maqsadida bor kuchimni berdim.
Malen o'tgan yilgi natijasidan ko'proq gol urib, bizni yuqori cho'qqiga olib chiqishiga umid qilaman. Uchinchi o'rinni yaxshilashimiz mumkin, chunki yuqorida yana ikkita pog'ona bor», — dedi 32 yoshli argentinalik futbolchi.
Qayd etish lozim, «Fiorentina»ga qarshi o'yinda Doniel Malen het-trik muallifi bo'ldi, uchala assistni esa Dibala amalga oshirdi.