Live
3
O'zbek

«Barselona» yarimhimoyachisiga 4 ta Angliya klubi qiziqmoqda

Futbol
25 avgust, 07:06
Futbolchining o‘zi esa Yevropada qolishni istamoqda.
«Barselona» yarimhimoyachisiga 4 ta Angliya klubi qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Mark Kasado Angliya Premyer-ligasi klublari e’tiboriga tushdi. Mundo Deportivo «The Guardian»ga tayanib xabar berishicha, futbolchi uchun kurashni «Sanderlend» boshlab bergan.

Shuningdek, «Nyukasl», «Aston Villa» va «Brayton» ham 22 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Kasadoning Saudiya Arabistoni chempionatida ham variantlari bor, biroq futbolchi faoliyatini Yevropa futbolida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Kasado o‘tgan mavsum La Ligada 24 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 1 ta sariq kartochka olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kasadoning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi davom etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Sanderlend Sanderlend
  • Brayton Brayton
  • Aston Villa Aston Villa
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar