«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda mashhur insayder va jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning yozishicha, 30 yoshli futbolchi «Al Hilol» bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan. Endilikda saudiyaliklar transferni yakunlash uchun «Aston Villa» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Avvalroq Uotkins transferi «Al Hilol»ga deyarli 55,8 mln yevroga tushish haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2025/26-yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarni inobatga olganda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi