Live
3
O'zbek

Mourinio «Sosyedad» bilan bahs oldidan: «Muxlislar «Real»ni bor ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlashini istayman»

Futbol
25 avgust, 07:46
Madridliklar mavsumdagi ilk uy uchrashuvida uch ochko uchun maydonga tushadi.
Mourinio «Sosyedad» bilan bahs oldidan: «Muxlislar «Real»ni bor ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlashini istayman»
Foto: Getty Images
26.08.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Real Sociedad Real Sociedad

«Real» bosh murabbiyi Mourinio jamoaning mavsumdagi ilk uy uchrashuvi oldidan muxlislarning qo‘lloviga umid bildirdi.

Chorshanba kuni madridliklar La Liganing qoldirilgan 1-tur uchrashuvida «Real Sosyedad»ni qabul qiladi.

«Bu bizning birinchi uy uchrashuvimiz, ammo u 19 ta bahsning bittasi xolos. Har bir ochko muhim. Raqibga hurmat bilan qaragan holda, maqsadimiz g‘alaba qozonish. Ular o‘ziga xos jamoa va tarkibi ham yaxshi. Bizga qiyinchilik tug‘dirishadi.

«Espanyol»ga qarshi bahsda muxlislar raqibni qanday qo‘llab-quvvatlaganini his qildik. Ertaga xuddi shunday qo‘llov bizning muxlislarimiz tomonidan bo‘lishiga umid qilaman. Jamoa g‘alabaga bo‘lgan iroda, xarakter, kuch va sovuqqonlikni namoyish etishini istayman.

Men «Bernabeu» meni qandaydir o‘zgacha tarzda kutib olishini kutmayapman. Muxlislar jamoani bor ishtiyoqi bilan qo‘llab-quvvatlashini istayman. O‘tgan mavsumda ular qiyin davrni boshdan kechirishdi. Hozir esa biz noldan boshlamayapmiz.

Men eng muhim inson emasman. Hissiyotlarimni nazorat qila olaman va uch ochko uchun kechadigan oddiy bo‘lmagan bahsda o‘zimni munosib tutaman. Jamoa o‘tgan mavsumdagidan boshqacha holatda bo‘lishini istardim», — dedi Mourinio.

Eslatib o‘tamiz, «Real» mavsumni «Espanyol» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar