Braziliyaning «Palmeyras» klubi yarimhimoyachisi Allan «Manchester Siti»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda ESPN Brasil jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli vinger faoliyatini APLning vitse-chempioni safida davom ettiradi. Tomonlar transfer bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokara o‘tkazib, kelishuvga erishgan. «Palmeyras» futbolchini 40 million yevro evaziga sotishga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» yangi APL mavsumini «Bornmut» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.
Ma’lumot uchun, Enso Mareska shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 28 avgust kuni safarda «Kristal Pelas»ga qarshi o‘tkazadi.