Live
3
O'zbek

«Liverpul» Gakpo bo‘yicha 70 million yevrolik taklifga javob berdi

Futbol
25 avgust, 07:39
Niderlandiyalik vinger uchun berilgan taklif rad etildi, mersisaydliklar futbolchini 85 million yevroga sotmoqchi.
«Liverpul» Gakpo bo‘yicha 70 million yevrolik taklifga javob berdi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» va «Manchester Siti» «Liverpul» vingeri Kodi Gakponi transfer qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

«Tottenhem» 27 yoshli futbolchi uchun 70 million yevro taklif qilgan, biroq «Liverpul» bu taklifni rad etgan. Mersisaydliklar niderlandiyalik futbolchining transferidan 85 million yevro ishlab olishni istamoqda.

«Manchester Siti» esa Gakponing agenti bilan muzokaralarni boshlagan.

Ma’lumot uchun, Gakpo 2023 yil yanvaridan buyon «Liverpul» safida to‘p tepmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar