Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakat stadionlarida VAR tizimi uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
«Turon» stadionida ham VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Mazkur tizim hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash va futbol uchrashuvlarida bahsli vaziyatlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida ko‘rib chiqish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, markazlashgan VAR tizimini stadionlarda joriy etish o‘zbek futbolida hakamlik sifatini oshirish va xalqaro standartlarga moslikni ta’minlashga qaratilgan.