Live
1
O'zbek

«Manchester Siti» La Ligadan markaziy himoyachi topdi

Futbol
25 avgust, 08:24
«Betis» markaziy himoyachisi Natan faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
«Manchester Siti» La Ligadan markaziy himoyachi topdi
Foto: Gettyimages

«Betis» klubi markaziy himoyachisi Natan faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik «shaharliklar» uchun ushbu transfer oynasi qolgan qismidagi ustuvor maqsadga aylangan. Bunday uslubda harakat qiladigan futbolchiga «Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareskaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, avvalroq «Betis» Natanni «Fulhem»ga 30 million yevro evaziga sotishni istamagan va himoyachisini uchun 40 million talab qilgan. Futbolchi atrofidagi vaziyatnei «Barselona» va «Tottenhem» jamoalari ham kuzatib bormoqda.

Yangi mavsumda Natan La Liganing 1 ta o‘yinida maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirib ulgurmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Betis Betis
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar