«Barselona» klubining niderlandiyalik yarimhimoyachisi Frenki de Yong ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, jamoada qoladi. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» chindan ham de Yong transferiga qiziqqan, ammo futbolchining jarohati klub rejalarini o‘zgartirib yuborgan. Natijada «shaharliklar» Elliot Anderson va Ayyub Buaddini xarid qildi.
Ta’kidlanishicha, «Barselona» de Yongga ishonishda davom etadi va yarimhimoyachining o‘zi ham klubda qolib, asosiy tarkib uchun kurashishni niyat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli de Yong o‘tgan mavsum barcha musobaqalarni inobatga olganda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma yetkazib berdi.