Live
3
O'zbek

«Sanderlend» «Barselona» yarimhimoyachisi transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda — Mundo Deportivo

Futbol
25 avgust, 05:44
Ingliz klubi ispaniyalik yarimhimoyachi Mark Kasado transferiga jiddiy kirishgan.
«Sanderlend» «Barselona» yarimhimoyachisi transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda — Mundo Deportivo
Фото: Gettyimages

Angliyaning «Sanderlend» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Mark Kasado transferi bo‘yicha faol tarzda muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

22 yoshli tayanch yarimhimoyachisi Xans-Diter Flikning uzoq muddatli rejalariga kirmaydi va inglizlar bu vaziyatdan foydalanib qolishni niyat qilgan. Ta’kidlanishicha, Kasado yaqin kunlar ichida kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi.

Manbaning yozishicha, yarimhimoyachi Saudiya Arabistonidan tushgan taklifga qaramay, faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi. Avvaliga «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi transferi uchun asosiy nomzod sifatida «Nottinghem Forest» krilayotgandi, ammo «Sanderlend» raqobatchilarni ortda qoldirib, keilshuvni qisqa muddatda yakunlashni niyat qilgan.

2025/2026-yilgi mavsumda Kasado La Liga doirasida «Barselona» safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma yetkazib berdi. Shuningdek, futbolchi Chempionlar Ligasining 6 ta bellashuvida ishtirok etdi.

Transfermarkt portali ispaniyalik yarimhimoyachining aktual transfer narxini 18 mln yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kasadoning «Barselona» bilan 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomasi mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar