Live
3
O'zbek

Mourinio transferlar haqida: «Hech kimning ketishini istamayman»

Futbol
25 avgust, 07:13
«Real» ustozi tarkibdan hech bir futbolchining ketishini istamasligini va hozirgi tarkibidan mamnun ekanini aytdi.
Mourinio transferlar haqida: «Hech kimning ketishini istamayman»
Foto: Getty Images
26.08.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Real Sociedad Real Sociedad

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio yozgi transfer oynasining qolgan qismi uchun jamoaning rejalari haqida fikr bildirdi.

«Men uchun tarkib masalasi yopilgan. Ammo transfer oynasi hali ochiq. Agar biror futbolchi ketishni istasa... Bilmayman. Men qo‘limdagi futbolchilardan juda mamnunman. Hech kimning ketishini istamayman», — dedi mutaxassis.

«Real» yangi mavsumni La Ligada g‘alaba bilan boshladi. Madridliklar safarda «Espanyol»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, «Real» navbatdagi uchrashuvini La Liganing 3-turida «Real Sosyedad»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada yozgi transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar