Live
1
O'zbek

De Zerbi Savinioning «Tottenhem»ga transferini baholadi

Futbol
25 avgust, 07:02
«Tottenhem» bosh murabbiyi «Manchester Siti»dan transfer qilingan futbolchi haqida fikr bildirdi.
De Zerbi Savinioning «Tottenhem»ga transferini baholadi
Foto: Getty Images
29.08.2026, 12:30 Angliya Premer-ligasi Tottenhem Tottenhem - : - Nyukasl Nyukasl

«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi braziliyalik vinger Savinioning transferi haqida fikr bildirdi. 25 avgust kuni futbolchi rasman «Manchester Siti»dan London klubiga o‘tdi.

«Savinio — energiya, kreativlik va qanotlarda sifat olib kiradigan futbolchi. U vaziyatni keskinlashtirishdan qo‘rqmaydi va noodatiy harakatlari orqali o‘yin taqdirini o‘zgartira oladi. Uning biz bilan ekanidan juda xursandmiz», — dedi De Zerbi.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» APLning 1-turida «Brentford»ga 0:3 hisobida yirik mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, London klubi navbatdagi uchrashuvini 26 avgust kuni Liga kubogi doirasida «Charlton»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Nyukasl Nyukasl
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar