"Liverpul" klubi "Kristal Peles" vingeri Ismoil Sarrning transferi bo'yicha muzokara boshladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar futbolchi senegallik 28 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 58 million yevro taklif qilgan. Sarrning o'zi ham ushbu transfer amalga oshishiga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq "burgutlar" Ismoil bo'yicha "Galatasaroy"dan tushgan taklifni ham rad etgandi.
O'tgan mavsumda u klub safida barcha turnirlar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgani va 2 ta assistni qayd etgani aytilmoqda.