Live
2
O'zbek

«MYu» Karreras transferi uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor

Futbol
26 avgust, 09:50
Uning Madrid jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
«MYu» Karreras transferi uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Real» himoyachisi Alvaro Karrerasni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi ispaniyalik 22 yoshli futbolchining transferi uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Karreras «qizil iblislar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2024 yilda u jamoani tark etib, «Benfika»ga yo'l olgan. 2025 yilning yozida esa «Real» safiga kelib qo'shilgan. «Real» Alvaroning transferiga 50 million yevro sarflagan.

Uning Madrid jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar