FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlagan mashhur futbolchilar safi kengaydi. Janubiy Amerikadan braziliyalik Kafu va Roberto Karlos, shuningdek, argentinalik Xavyer Zanetti tashkilot rahbari haqida ijobiy fikr bildirdi.
Kafu va Zanetti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir xil mazmundagi bayonotni e’lon qilib, FIFA va uning prezidenti so‘nggi o‘n yil davomida futbolchilarning futbol olamidagi vakilligini ta’minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi.
«So‘nggi o‘n yil davomida FIFA va prezident Infantinoning futbolchilarning futbol olamidagi vakilligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlariga guvoh bo‘ldik. Ilgari bunday holat mavjud emas edi», — deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uchun, Roberto Karlos Kafuning ushbu postini o‘z sahifasida ulashib, sobiq terma jamoadoshi va «kapitan» deb atagan futbolchining fikriga yuz foiz qo‘shilishini bildirgan.