«Betis» Ispaniya chempionatining 2-turida «Valensiya» ustidan g‘alaba qozondi. Ushbu natija jamoa bosh murabbiyi Manuel Pellegrini uchun La Ligadagi yubiley 100-g‘alaba bo‘ldi.
Pellegrini «Betis» tarixida Ispaniya chempionatida 100 ta g‘alabaga erishgan yagona murabbiyga aylandi. Mutaxassis bu natijani qayd etish uchun jamoa boshqaruvida 230 ta uchrashuv o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, «Betis» navbatdagi turda safarda «Levante»ga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng Pellegrini shogirdlarini Madridning «Real»iga qarshi qiyin bahs kutib turibdi.
Ma’lumot uchun, «Betis» o‘z tarixida Ispaniya chempionligini faqat bir marta qo‘lga kiritgan. Bu 1935-yilda sodir bo‘lgan.