2026/27 yilgi mavsum yakunida Angliya Professional Futbolchilar Assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan beriladigan «Yil futbolchisi» sovrini uchun favoritlar aniqlandi.
Unda «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. Uning g‘oliblik koeffitsiyenti 5.50 ga teng.
O‘tgan mavsumda mazkur sovrinni «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh qo‘lga kiritgan edi.
2026/27 yilgi APLda PFA talqini bo‘yicha «Yil futbolchisi» uchun favoritlar:
- Erling Holand («Manchester Siti») — 5.50
2–4. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — 8.50
2–4. Deklan Rays («Arsenal») — 8.50
2–4. Koul Palmer («Chelsi») — 8.50
5–7. Bukayo Saka («Arsenal») — 15.00
5–7. Rayan Sherki («Manchester Siti») — 15.00
5–7. Antuan Semenyo («Manchester Siti») — 15.00