«Real Sosiyedad» «Barselona» himoyachisi Ektor Fort transferi bo‘yicha to‘liq og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Transfer summasi 8 million yevroni tashkil qiladi. Kelishuvga «Barselona» uchun futbolchining keyingi transferidan 50 foiz ulush hamda taxminan 20 million yevrolik qayta sotib olish bandi kiritilgan. Shu orqali kataloniyaliklar futbolchi ustidan kelajakdagi nazoratini saqlab qoladi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli Fort «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida ham maydonga tushgan.