Live
2
O'zbek

"Kristal Pelas" Sarr borasida "Liverpul"ning taklifini rad etdi

Futbol
26 avgust, 11:08
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
"Kristal Pelas" Sarr borasida "Liverpul"ning taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

"Kristal Pelas" klubi vinger Ismoil Sarr borasida "Liverpul"ning taklifini rad etdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar senegallik futbolchi uchun 58 million yevro taklif qilgandi. Biroq "burgutlar" ushbu taklifni rad etgan.

Mersisaydliklar Sarr bilan kelishuvga erisha olmasa, e'tiborini "Brayton" vingeri Yankuba Minteni sotib olishga qaratadi.

Sarr o'tgan mavsumda "Kristal Pelas" safida barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgani va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgani aytilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar