Live
2
O'zbek

Superliga. «Navbahor» «Mash'al»ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
26 avgust, 11:57
Namanganliklar 19-tur bahsida G‘uzorda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Superliga. «Navbahor» «Mash'al»ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Navbahor FK
26.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Mashal Mashal 0 : 2 Navbahor Namangan Navbahor Namangan

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Mash'al» o‘z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi. Bellashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Navbahor» safida Jasur Jaloliddinov 20-daqiqada hisobni ochdi. 67-daqiqada Shohruhbek Abdurahmonov ikkinchi golni urib, namanganliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu natijadan so‘ng «Navbahor» ochkolari sonini 37 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Mash'al» esa 4 ochko bilan eng so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

Superliga. 19-tur
Mash'al - Navbahor 0:2
Gollar: Jasur Jaloliddinov 20, Shohruhbek Abdurahmonov 67
Ogohlantirish: Pavel Bureyev 31, Komiljon Tojiddinov 43, Asadbek Rahimjonov 52, Mahmud Jo‘raboyev 70, Islombek Mamatkazin 75, Nuriddin Nuriddinov 86, Aleks Fernandes 88, Straxinya Boshnyak 90

Mash'al: Samandarbek Jo‘rabekov, Komiljon Tojiddinov, Sardor Abduraimov (Normurod Ko‘charov, 59), Mahmud Jo‘raboyev, Nuriddin Nuriddinov, Tohirbek To‘xtasinov, Muhammadbobir Mo‘ydinov (Zafarbek Akramov, 59), Ergash Ismoilov, Pavel Bureev (Straxinya Boshnyak, 65), Azizbek Choriev (Drago Bumbar, 65), Ahrorbek Rahimov.
Navbahor: O‘tkir Yusupov, Islombek Mamatkazin, Dilshodjon Komilov, Ruslanbek Jiyanov (Aleks Fernandes, 78), Diyor Xolmatov (Shohruhbek Abdurahmonov, 66), Husayn Norchayev, Asadbek Rahimjonov, Umar Adhamzoda (Georgiy Jgerenaya, 66), Jasurbek Jaloliddinov (Teydi Benjamin, 78), Muhammadqodir Hamraliyev, Muhammadali Usmonov (Vanya Ilich, 66).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar