Live
3
O'zbek

Superliga. «Qizilqum» o'z uyida «Nasaf»dan ustun keldi

Futbol
26 avgust, 12:56
Navoiyliklar Nodirxon Nematxonovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.
Superliga. «Qizilqum» o'z uyida «Nasaf»dan ustun keldi
Foto: Nasaf FK
26.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Qizilqum Qizilqum 1 : 0 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Qizilqum» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi. Bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bahsdagi yagona gol 43-daqiqada kiritildi. Nodirxon Nematxonov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Qizilqum»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Qizilqum» ochkolari sonini 23 taga yetkazib, 11-o‘rinni egalladi. «Nasaf» esa 25 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

Superliga. 19-tur
Qizilqum - Nasaf 1:0
Gollar: Nematxonov 43
Ogohlantirish: Zafarmurod Abdurahmatov 42, Nodirxon Nematxonov 50, Abbos G‘ulomov 55, Jamshid Saidov 73

Qizilqum: Farhod Rahmatov, Nodirxon Nematxonov, G‘iyosjon Rizaqulov, Nikola Kumburovich, Ruslan Roziyev (Grigol Chabradze, 76), Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Shahzod Rahmatullayev, Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (Islom Kenjaboyev, 76), Diyor Rahmatilloyev, Shahzod Turopov (Roman Papariga, 65), Jambuli Jigauri (Samandar Shukurullayev, 77).
Nasaf: Abduvohid Ne’matov, Akromjon Komilov (Dilshod Murtazoyev, 57), G‘olib G‘aybullayev, Umarbek Eshmurodov, Murodbek Rahmatov (Abbos G‘ulomov, 46), Paata Gudushauri (Adenis Shala, 57), Zafarmurod Abdurahmatov, Bekjon Rahmatov (Yashnar Berdirahmonov, 77), Sharof Muhiddinov (Sardorbek Bahromov, 46), Bobur Abduholiqov, Yusuf Otubanjo.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar