Bugun
20
O'zbek

"Real" va "Barselona"da g'alaba, "Liverpul" ochko yo'qotdi, "Tottenhem" esa sharmanda bo'ldi. Haftaning muhim o'yinlari

Futbol
26 avgust, 08:12
Asosiy voqealar, o'yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi holatga e'tibor qaratadi.
"Real" va "Barselona"da g'alaba, "Liverpul" ochko yo'qotdi, "Tottenhem" esa sharmanda bo'ldi. Haftaning muhim o'yinlari
Фото: Getty Images

O'tgan haftada milliy birinchiliklarda bir qator qiziqarli bellashuvlar bo'lib o'tdi. Angliya va Italiyada mavsum start oldi. Ispaniyada 2-tur o'yinlari ortda qoldi. Fransiyada ham start kutilmagan natijalar qayd etildi. Tribuna.uz nashri top-5 chempionatlaridagi asosiy voqealar, o'yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi holatga e'tibor qaratadi.

Chempiondan ishonchli g'alaba

Arteta jamoasi mavsumni ishonchli tarzdagi g'alaba bilan boshladi. Londonda "Koventri"ga qarshi bellashgan "to'pchilar" 1-bo'limning o'zidayoq raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi. Xavertz yangi mavsumda liganing ilk goliga mualliflik qildi. Oradan biroz vaqt o'tib, Saka hisobdagi farqni ishonchli ko'rinishga keltirdi. Ikkinchi bo'lim avvalida esa Edegor yakuniy nuqtani qo'ydi. Frenk Lempard boshqaruvidagi "Koventri" esa ilk turda yirik hisobdagi mag'lubiyatni qabul qilishga to'g'ri keldi. Bu jamoa ligada omon qolish uchun kurashadi. Bu yo'lda Lempardni jiddiy sinovlar kutmoqda.

Arsenal – Koventri 3:0
Gollar: Haverz, 15 (1:0). Saka, 23 (2:0). Edegor, 49 (3:0)
Arsenal — Raya, Mosquera, Gabriel, Kalafiori (Inkapiye, 81), Uayt, Rays (Subimendi, 68), Lyuis-Skelli, Edegor (Eze, 76), Zolis (Merino, 76), Saka (Maduake, 68), Haverz
Koventri — Rashvort, Tomas, Amanda, Dasilva, van Eveyk, Grayms, Yirenki (Torp, 62), Onieka, Tomas-Asante (Rudoni, 70), Chauna (Hamer, 82), Simms (Avoniyi, 70)
Ogohlantirishlar: Gabriel 34 – Yirenki 27


"MYu" kutilmaganda mag'lub bo'ldi

Maykl Kerrik boshqaruvidagi "qizil iblislar" startni omadsiz boshladi. Chempionshipdan ko'tarilgan "Hull Siti" o'z maydonida "qizil iblislar"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Dastlabki bo'limdayoq "yo'lbarslar" Ajoyi va Mendining gollari evaziga raqibidan ustun keldi. Kerrik va uning jamoasi vaziyatdan chiqib ketish uchun oxirigacha harakat qildi. Biroq mezbonlarning himoyasi shu kuni behato harakat qildi va har bir pozitsiyasini o'z vaqtida yopishga ulgurdi.

Hull Siti» – Manchester Yunayted 2:0
Gollar: Ajoyi, 17 (1:0). Mendi, 38 (2:0)
Hull Siti — Tzolakis, Ajoyi (Makneyr, 64), Igan, Mendi (Herrington, 64), Jayls (Targett, 85), Koyl (Drameh, 70), Kruks, Sleyter, Strud (Millar, 71), Bellumi, Makberni
Manchester Yunayted — Lammens, Maguayr, Heven, Shou, Mazraviy (Dalot, 80), Santos (Mainu, 67), Tilemans (Sheshko, 67), Brunu Fernandesh, Dorgu (Rashford, 46), Mbemo, Kun'ya (Leysi, 80)
Ogohlantirishlar: Kruks, 42. Millar, 90 – Dorgu, 34

Soboslay "qizillar"ni qutqarib qoldi

Bu uchrashuv ham qiziqarli kechdi. "Nyukasl" erta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo ikkinchi bo'limda jamoalar haqiqiy futbolni namoyish etishdi. Gakpo hisobni tenglashtirdi. Ammo Uillok "qizillar"ning quvonchini uzoqqa cho'zdi. Bir qarashda "qarğalar" g'alabaga juda yaqin kelishgandi. Ammo 90+9-daqiqaga kelib, Soboslay penaltidan gol urib, mersisaydliklarni mag'lubiyatdan saqlab qoldi. Aftidan, Iraola hamon jamoaga moslashib keta olmagandek. Keyingi turlarda Andoni uchun sinovga aylansa kerak.

Nyukasl — Liverpul 2:2
Gollar: Elanga (5), Uillok (57) — Gakpo (55), Soboslay (90+9, penalti).
Nyukasl — Gornichek, Dedich, Botman, Tiau, Holl, Stoyr (Remzi, 56), Mayli (Bamba, 78), Elanga (Murfi, 76), Vissa (Sher, 90+5), Barns, Osula (Uillok, 56).
Liverpul — Alisson, Frimpong, Jake (Araujo, 70), van Deyk, Kerkes, Soboslay, Gravenberx (Kumas, 78), Virts (Mak Allister, 63), Ngumoa (Munoz, 63), Gakpo, Isak.
Ogohlantirishlar: Vissa (25), Kerkes (30), Frimpong (30), Mayli (34), Remzi (65), Murfi (79), van Deyk (90+1), Gornichek (90+3).

Himoyachilar "Siti"ga g'alaba keltirdi

Manchester shahridagi bellashuv qiziqarli kechdi. "Olchalar" 26-daqiqada himoyachilarning tushunmovchiligi sabab hisobni ochdi. Taverniye gol muallifiga aylandi. Hisobni tenglashtirish uchun "shaharliklar" juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'lishdi. Ammo Holand va Semenyo kabi etakchilarga raqib himoyachilari imkoniyat bergani yo'q. 82-daqiqaga kelib, Gehi hisobni tenglashtirdi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqada esa Gvardiol Petrovichni ojiz qoldirdi. Abdulqodir Husanov to'liq o'ynagan bellashuvda Enzo Mareska jamoasi irodali g'alabani olib ketdi. O'zbekistonlik himoyachi esa maydonda faol o'ynaganlardan biriga aylandi.

Manchester Siti - Bornmut 2:1
Gollar:
Taverniye 26 (0:1), Gehi 82 (1:1), Gvardiol 90+ (2:1).
Manchester Siti — Donnarumma, Lyuis (Nunes, 57), Husanov, Diash, Gvardiol, Elliot Anderson (Kovachich, 63), Gehi, Foden (Grilish, 82), O'Riley (Sherki, 63), Semenyo, Holand.
Bornmut — Petrovich, Smit, Xill, Antonio Silva, Tryuffer, Lyuis Kuk (Tayler Adams, 76), Aleks Skott, Rayan (Ben Doak, 89), Jastin Kluvert (Aleks Tot, 75), Markus Taverniye, Evanilson (Deniel Jebbisn, 75).

"Taqachilar" parlanib ketdi

Yozgi transfer oynasini hamon titratayotgan “Tottenhem” alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. “Brentford” maydoniga safar qilgan Roberto de Zerbi jamoasi birinchi bo'limda ikki bor o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. Tanaffusdan keyin Kayode uchinchi golni ham urishga muvaffaq bo'ldi. 54-daqiqada esa Tiago penaltini amalga oshira olmadi. Aks holda hisob yanada yiriklashib ketishi ham hech gap emasdi. Robertson, Tonali kabi o'yinchilar maydonda borligi ham ko'zga tashlanmadi. Ko'ramiz, De Zerbi bunday qiyin vaziyatdan qanday chiqib keta oladi.

Brentford – Tottenhem 3:0
Gollar: Lyuis-Potter, 12 (1:0). Yanelt, 33 (2:0). Kayode, 49 (3:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Tiago, 54
Brentford — Kelleher, Ayer, Kollinz, Lyuis-Potter, Kayode (Hiki, 76), Sangare (Damsgor, 76), Yanelt, Yensen (Yarmolyuk, 67), Shade, Uattara (Entoni, 67), Tiago (Uilson, 83)
Tottenhem — Kinski, Senesi, van Hekke, Robertson, Grey (Udodji, 86), Bergval (Fernandesh, 46), Tonali, Gallaher (Bentankur, 46), Tel, Mur (Meddison, 68), Risharlison (Solanke, 68)
Ogohlantirishlar: Yanelt, 78 – Gallaher, 34


Birinchi bo'limda hal bo'lgan o'yin

Turning sensatsiyalaridan biri “Brayton” va “Aston Villa” ishtirokidagi to'qnashuvda kuzatildi. Unay Emeri jamoasi “chaykalar”ga qarshi bahsda birinchi bo'limning o'zidayoq taslim bo'lishdi. Mezbonlar 31 daqiqa ichida Bizot darvozasiga naq 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Katta ehtimol Bizot uchun ham mavsum yakuniga yetdi. Ispaniyalik mutaxassis ushbu kiperni boshqa asosiy tarkibda maydonga tushirmasa kerak. Eng qizig'i shundaki, 40-daqiqada mehmonlar safida Joao Gomes maydondan chetlatildi. Futbolchi yozgi transfer vaqtida birminghemliklar safiga yaxshigina qiymat evaziga kelib qo'shilgandi.

Brayton» - Aston Villa 4:0
Gollar:
Lindelof 8, avtogol (1:0), de Kuyper 18 (2:0), Hinshelvud 30 (3:0), Hinshelvud 31 (4:0).
Chetlatish: Joao Gomes 40 («Aston Villa»).
Brayton — Verbruggen, Vifer (Yohanna Zadok, 78), Vushkovich, Dank, Boskali, Gross, Ayari (Kostulas, 64), Diego Gomes (Yalque, 86), Hinshelvud (Kostinya, 64), de Kuyper (Usmon Ibrohim, 78), Ryutter.
Aston Villa — Bizot, Kesh, Lindelof, Pau Torres (Tayron Mings, 74), Matssen (Rujeri, 81), Boubakar Kamara, Joao Gomes, Makginn (Edvard Alisson, 82), Barkli (Bogard, 74), Jorge Hemmings, Buendia (Garnacho, 86).

Turnir jadvali:

LA LIGA. 2-TUR

"Real" qiyin g'alabaga erishdi

Madridning "Real" Joze Mourino qo'l ostida La Liga bahsida qiyin g'alabaga erishdi. Chempionatning 2-turida madridliklar Kataloniyada "Espanyol"ga qarshi bellashdi. Bellinghem 9-daqiqada tezkor gol bilan hisobni ochdi. 30-daqiqaga kelib Kalatrava muvozanatni tikladi. Bir qarashda durang natija yakunlanishi tuyulgandi. Ammo zaxiradan maydonga chiqqan Espi "qirollik" jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.

Espanyol – Real 1:2
Gollar:
Bellinghem, 9 (0:1). Kalatrava, 30 (1:1). Espi, 90 (1:2)
Espanyol»: Dmitrovich, Ridel (Drkushich, 66), Nunes, Inoxo, Al-Hiloliy, Gonsales de Sarate (Pol Losano, 75), Ekspozito (J. Karrerasy, 88), Dolan, Kalatrava (Bausa, 66), Fernandes, Ernandes (Pere Milya, 75)
Real: Kurtua, Xausen, Konate, A. Karrerasy (Kukurelya, 64), Dyumfris (Aleksandr-Arnold, 80), Valverde, Bernardu Silva (Kamavinga, 80), Bellinghem (Espi, 80), Vinisius Junior, Arda Guler (Diomande, 64), Mbappe
Ogohlantirishlar: Kalatrava, 32. Ridel, 59. Ekspozito, 84. Pere Milya, 90. Pol Losano, 90 – Vinisius Junior, 32


"Barselona" safarda raqibini tor-mor etdi

Kataloniya klubi mehmonda "Elche"dan ustun keldi. Rafinya va Fermin Lopes dublga erishdi. Shuningdek, yozgi transfer vaqtida "Barsa"ga kelib qo'shilgan Karim Adeyemi ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Gordon ham La Ligadagi debyutini o'tkazdi. Tanaffus oldidan Gavi jarohat olib, o'rnini Pedriga bo'shatib berdi. Ma'lum qilinishicha, 22 yoshli xavbekning jarohati u qadar jiddiy emas.

Elche — Barselona 0:5
Gollar:
Rafinya (14 penalti, 67), Adeyemi (45+3), Fermin (71, 79).
Elche — Dituro, Sangare, Chust, Redondo (Bigas, 81), Affengruber, Valera, Morente (Kepeda, 64), Vilyar, Aguado (Netu, 64), Huari (Buonanotte, 64), Nino (Ponce, 69).
Barselona — Joan Garsiya, Espart, Kristensen, Erik Garsiya, Martin, Gavi (Pedri, 45), Bernal (Kunde, 80), Yamal (Gordon, 65), Fermin, Rafinya (Kanselu, 80), Adeyemi (Olmo, 65).
Ogohlantirish: Huari (33).


Alvaers uchun omadsiz kun

"Atletiko" o'z maydonida "Vilyarreal"ga qarshi o'ynab, katta qiyinchilikka duch keldi. Barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. 76-daqiqada Le Norman maydondan chetlatildi. Bundan esa "sariq submarina" unumli foydalandi. 86-daqiqaga kelib, Juliano Simeone jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qoldi. Ammo hammasi emas. 79-daqiqada Xulian Alvares zaxiradan Lukman o'rniga maydonga chiqdi. Stadionga yig'ilgan muxlislar argentinalik forvardni hushtakbozlik bilan kutib oldi. O'yin yakuniga yetganidan so'ng uning nomiga yana hushtakbozlik qilindi. Natijada futbolchi to'g'ridan to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi. Ehtimol, Xulian jamoani tark etishi mumkin.

Atletiko — Vilyarreal 2:2
Gollar:
Pubil (59), Simeone (86) — Moreno (66, penalti), Mikautadze (78, penalti).
Atletiko — Oblak, Pubil (Alvares, 66), Le Norman, Hantsko, Grimaldo, Simeone, Koke (Lorente, 66), Hyulmann, Mendosa (Baena, 46), Lukman (Ximenez, 79), Li Kang (Barrios, 66).
Vilyarreal — Junior, Mourino, Foyt, Veiga, Romero, Pepe (Masia, 79), Komesanya (Oluvaseyi, 85), Guye, Moleyro (Moreno, 61), Peres (Byukenen, 61), Mikautadze (Ahomash, 79).
Ogohlantirishlar: Mourino (50), Baena (54), Hyulmann (76), Ximenez (90+1).
Chetlatish: Le Norman (76).

Turnir jadvali:

A SERIYA. 1-TUR

Italiyada ham yangi mavsum start oldi. "Inter" ilk bellashuvda debutant "Montsa"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Chalxonog'li va Esposito chiroyli gollarga mualliflik qildi. Shu tariqa, Kivu jamoasi chempionlik titulini saqlab qolish yo'lida ilk qadamini tashladi.

"Roma" esa Rimda "Fiorentina"ni qabul qilib, David De Xea darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Doniell Malen xet‑trikka erishdi. Paulo Dibala esa uchta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Natijada rimliklar mavsumda yaxshi kayfiyatda boshladi. O'tgan mavsum ligada qolish vazifasini arang amalga oshirgan Florensiya klubi esa yana qiyinchiliklar girdobida qoladi shekilli.

Ruben Amorim "Milan" boshqaruvida A Seriya doirasida ilk uchrashuvini Turinda o'tkazib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Rabio ajoyib o'yin ko'rsatib, jamoasi g'alabasiga ulkan hissa qo'shdi. Ramush esa golsiz tark etdi. Modrich ikkinchi bo'limda zaxiradan o'yinga qo'shildi. Amorim drujinasi muhim uch ochkoga erishdi.

Luciano Spaletti bilan katta maqsadlarni qo'ygan "Yuventus" esa "Froninoze" maydonida minimal hisobdagi g'alabaga erishdi. Yagona gol 31-daqiqada Bremer gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan vaqt davomida "zebrlar" g'alabani saqlab qoldi. Bellashuvdan so'ng Spaletti maydonda 90 daqiqada o'ynagan Randal Kolo-Muanini keskin tanqid qildi. Frantsiyalik forvardning o'yinlari murabbiyga yoqmagan ko'rinadi.

Yangi murabbiy bilan mavsumni boshlagan "Napoli" Genuyada ishonchli g'alabaga erishdi. 67-daqiqada Neapol klubi safida Kevin De Bryuyne zaxiradan o'yinga qo'shildi. Keyinchalik jamoa o'yini kuchaydi va hujumlar soni ortdi. 82-daqiqa kelib belgiya yarimhimoyachisi hisobni ochdi. 5 daqiqa o'tib, Vargara goliga uzatmani amalga oshirdi. Shunday qilib, "Napoli" ham mehmonda uch ochkoga ega bo'ldi.

Inter — Montsa 4:1
Gollar:
Chalxonog'li 6, Zielinski 48, Esposito 55, Bissek 63 – Varela 29
Inter – Martines, Bissek, Akanji (Stounz, 75), Bastoni, Diuf (Luis Enrike, 75), Barella, Chalxonog'li (Suchich, 55), Zielinski, Dimarko, Esposito, Lautaro Martines (Bonni, 54).
Montsa – Pizzinachcho, Kouwadio, Lucchesi, Karboni, Birindelli, Ondoa, Mout (Galazzi, 70), Bakaoune (Kutrone, 70), Kolpani (Forson, 70), Varela, Mangas.

Roma — Fiorentina 4:0
Gollar:
Malen (27, 52, 60), Pisilli (86).
Roma — Svilar, Manchini, Ndika, Ermoso (Kulierakis, 68), Lulli, Kristante, Kone (Pisilli, 79), Uesli, Dibala (Al Aynaui, 79), Mora (Soule, 53), Malen (Kastro, 68).
Fiorentina — De Xea, Dodr, Dragushin, Ranieri, Mariu (Valdepenas, 80), N'Dur, Fajoli (Oulai, 62), Breshianini (Ximenez, 62), Mastantuono (Ken, 63), Atta (Mandragora, 74), Pellegrino.
Ogohlantirishlar: Fajoli (30), Ermoso (39), Kone (49), Pellegrino (63).


Torino — Milan 1:2
Gollar:
Adams (90+3) — Sisse (64), Rabio (66).
Torino — Mascardi, Kachchiamani (Abuhilol, 81), Komuzzo (Kulenovich, 85), Vlasic, Gineytis, Ismaili, Kazadei (Adams, 70), Koko, Pedersen (Fortini, 70), Simeone (Njiye, 70), Fitz-Jim.
Milan — Menya, Khila (Gabbia, 76), de Winter, Loftus-Chik (Modrich, 56), Musa, Pavlovich, Sisse (Salemakers, 66), Estupinan (Bartesagi, 66), Yashari (Rabio, 56), Chukvueze, Ramush.

Frozinone — Yuventus 0:1
Gol:
Bremer (31).
Frozinone —
Palmisani, Monterisi (Oyono, 67), Kalvani, Chittadini, Brakalia (Terzich, 77), Chichella (Hasa, 67), Kalo, Shmid (Mazini, 59), Fini (Zerbin, 59), Kvernadze, Raimondo.
Yuventus — Vikario (Perin, 90+1), Kalulu, Bremer, Kelli, Chelik (Kambiyaso, 69), Lokatelli, Luis (Kopmeyners, 79), Konseysao (Jegrova, 69), Makkenni, Yildiz (Boga, 69), Kolo-Muani.
Ogohlantirishlar:
Shmid (43), Chelik (50), Kambiyaso (81), Kalvani (90+3).

Jenoa – Napoli 0:2
Gol:
De Bryuyne 82, Vergara 87
Jenoa: Beylo, Markandalli, Estigor (Otoa, 66), Vaskes, Norton-Kaffi, Frendrup, Ellertsson, Baldanzi, Amorim (Sou, 75) Vitor Oliveyra, Kolombo.
Napoli: Meret, Di Lorenzo, Rahmani, Rafa Marin (Oliveira, 81), Spinazzola, Angissa (De Bryuyne, 67), Lobotka, Maktominay, Politano (Vergara, 67), Hoylund (Lukka, 78), Alisson Santos (Lang, 66).

Turnir jadvali:

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar