Bugun
20
O'zbek

«Yuventus» Perinni «Palermo»ga ijaraga berganini e'lon qildi

Futbol
26 avgust, 04:52
33 yoshli darvozabon B Seriya klubiga o‘tdi.
«Yuventus» Perinni «Palermo»ga ijaraga berganini e'lon qildi
Foto: Getty Images

«Yuventus» klubi rasmiy sayti orqali darvozabon Mattia Perinning «Palermo»ga o‘tganini ma'lum qildi.

«Shu tariqa futbolchining «qora-oqlar» safidagi muhim bosqichi yakunlandi. U har doim ishonchliligi, professionalligi va jamoaviy ruhi bilan ajralib turgan.

Mattia «Yuventus» darvozasini doimo xarizma va fidoyilik bilan himoya qildi, maydonda ham, uning tashqarisida ham jamoa uchun juda qadrli futbolchi bo‘lib qoldi.

Faoliyatingning yangi bosqichida omad tilaymiz, Mattia!» — deyiladi klub xabarida.

Perin 2018 yilda «Yuventus»ga qo‘shilgan. U klub safida 71 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko‘ra, darvozabonning ayni paytdagi narxi 2 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar