Live
3
O'zbek

Yildiz kutilganidan koʻproq muddatga safdan chiqdi

Futbol
26 avgust, 05:50
«Yuventus» vingeri operatsiya qilinadi.
Yildiz kutilganidan koʻproq muddatga safdan chiqdi
Foto: Getty Images

«Yuventus» vingeri Kenan Yildiz uzoq muddatga safdan chiqdi.

21 yoshli futbolchi A Seriya 1-turidan oʻrin olgan «Frozinone»ga qarshi oʻyinda (1:0) jarohat olgandi.

La Gazzetta dello Sport maʼlumotiga koʻra, dushanba kuni Yildiz tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda, oyoq panjasidagi metatarzal suyakning sinishi gumon qilingan. Keyingi tekshiruvlar esa «Yuventus» shifokorlarining xavotirini tasdiqlagan.

Turkiyalik futbolchining katta ehtimol bilan operatsiya qilinishi toʻgʻri keladi.

Yildiz taxminan ikki yarim oydan uch oygacha maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. Klub futbolchining noyabr oyidagi FIFA kunlariga qadar tiklanib olishini umid qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar