Bugun
20
O'zbek

Fernandesh: «Har hafta futbol maydonida qarama-qarshi harakat qilganlar menga ovoz bergani — o‘zgacha holat»

Futbol
26 avgust, 07:11
Portugaliyalik yarimhimoyachi PFA talqiniga ko‘ra APLda mavsum o‘yinchisi deb topildi.
Fernandesh: «Har hafta futbol maydonida qarama-qarshi harakat qilganlar menga ovoz bergani — o‘zgacha holat»
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi va sardori Brunu Fernandesh Angliya Professional futbolchilar uyushmasi (PFA) talqiniga ko‘ra 2025/2026-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Albatta, bu o‘zgacha voqea, lahza. Menga har hafta futbol maydonida qarshi o‘ynaydiganlar ovoz berishdi. Aynan ularning, balki ko‘pchiligining men uchun ovoz bergani — alohida e’tirofga loyiq.

Statistika nuqtayi nazaridan, ko‘p yillardan buyon saqlanib kelgan samarali uzatmalar rekordini yangilasangiz, odamlar bu mavsumni eng yaxshisi deb atay boshlaydi. Rostini aytsam, bu mening klubdagi eng yaxshi mavsumlarimdan biri bo‘ldi, deb hisoblayman. Shaxsan men ajoyib mavsum o‘tkazdim va jamoa Chempionlar Ligasiga qaytishiga yordam berdim. Bu mavsum boshidagi maqsadlarimizdan biri edi», — deya Fernandeshning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports jurnalisti Danial Xan o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar