«Manchester Siti» klubi «Lill»dan Ayub Buaddi transferini rasman e'lon qildi.
Qayd etilishicha, marokashlik futbolchi «shaharliklar» bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzolagan. Endilikda u yangi jamoasida 32-raqam ostida to'p tepadi.
Avvalroq Buaddi transferi «Manchester Siti»ga 95+5 million yevroga tushishi ma'lum bo'lgan edi.
Ma'lumot uchun, Buaddi «itlar»ning asosiy jamoasida 2023 yili, 16 yoshida debüt qilgan. U Fransiya klubida jami 96 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2026 yildagi jahon chempionatida esa Marokash milliy jamoasi safida olti uchrashuvning beshtasini asosiy tarkibda boshlagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi