Kuni kecha «Al Qodisiya» safiga borib qo‘shilgan yarimhimoyachi Tijani Reyndersning otasi Martin Reynders o‘g‘lining «Manchester Siti»dan ketishi haqida gapirdi.
«Biz «Atletiko»ga o‘tmoqchi edik. Ular jiddiy qiziqish bildirishgan edi, ammo keyin muzokarani tark etishdi. Ularda bunday yirik transferni amalga oshirish imkoni yo‘q edi. «Yuventus» va «Galatasaroy» faqatgina ijara taklif qilishdi. Biz ikki marta «Al Qodisiya» taklifini rad etdik, biroq ular uchinchi marta barchasini qanday ko‘rayotganliklari haqidagi taqdimot bilan qaytishganida, barchasi o‘zgardi. «Al Qodisiya» Osiyoning eng katta jamoasiga aylanishni maqsad qilgan», — dedi futbolchining otasi AD.nlga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasi vaqtida Saudiya Arabistoni klubi 28 yoshli Reyndersni «Manchester Siti»dan sotib oldi va bu transferga 60 million yevrodan ziyodroq mablag‘ sarfladi. Niderlandiyalik klub bilan yana 1-yilga uzaytirish imkoniyati bilan 4-yillik bitim imzoladi.