Bugun
20
O'zbek

«Tottenhem» Spensga «Nottinghem Forest»dan o‘rinbosar topib qo‘ydi

Futbol
26 avgust, 06:58
London klubi qanot himoyachisi Neko Uilyamsga e’tibor qaratgan.
«Tottenhem» Spensga «Nottinghem Forest»dan o‘rinbosar topib qo‘ydi
Foto: BBC

Londonning «Tottenhem» klubi «Nottinghem Forest» qanot himoyachisi Neko Uilyamsni sotib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar Milanning «Inter» klubiga ketgan Jed Spens o‘rniga universal himoyachi izlamoqda. Biroq «Nottinghem Forest» Uilyamsni «Tottenhem»ga qo‘yib yubormoqchi emas va uning 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Uilyams ushbu mavsum 2 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshirib ulgurmadi.

Transfermarkt portali uelslik futbolchining aktual transfer narxini 28 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Nottingem F Nottingem F
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar