"Nottinghem Forest" klubi "Chelsi"dan hujumchi Liam Delapni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "o'rmonchilar" angliyali 23 yoshli forvardning transferi uchun 45 million funt sarflaydi. Liamning o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan. Hozirda tomonlar tibbiy ko'rik borasida muzokara o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, Delap o'tgan yilning yozida "Ipsvich"dan "ko'klar" safiga 30 million funt sterling evaziga kelib qo'shilgandi. Bu klub safida APL doirasida 28 ta bellashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
Agar kelishuv tez orada yakunlansa, Liamning transferi jamoa uchun eng qimmatiga aylanadi.