Bugun
20
O'zbek

Viana Buaddi haqida: «U endigina 18 yoshda, lekin o‘ta yuqori futbol intellektini namoyish qilmoqda»

Futbol
26 avgust, 07:47
Chorshanba, 26-avgust kuni «Siti» Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi bilan 5 yillik bitim imzolaganini e’lon qildi
Viana Buaddi haqida: «U endigina 18 yoshda, lekin o‘ta yuqori futbol intellektini namoyish qilmoqda»
Foto: Gettyimages

Chorshanba, 26-avgust kuni «Manchester Siti» Marokash milliy jamoasi markaziy yarimhimoyachisi Ayyub Buaddi bilan 5-yillik bitim imzolaganini rasman e’lon qildi.

Ingliz klubi sport direktori Ugu Viana «Manchester Siti»ning yangi a’zosi, 18 yoshli futbolchi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ayyubning salohiyati o‘ta yuqori – unda top yarimhimoyachi uchun kerakli barcha hislatlar mavjud. U endigina 18 yoshda, ammo hozirning o‘zidayoq o‘ta yuqori futbol intellektini namoyish qilmoqda. Mareskaning qo‘l ostida u faqatgina o‘sadi», - dedi Viana.

Eslatib o‘tamiz, Buaddi o‘tgan mavsum «Lill» safida harakat qilgan. Klub safidagi 42 o‘yinda xavbek 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar