Bugun
20
O'zbek

«Ochko ulashuvchi jamoa bo‘lmaymiz» — «Sabah» kuzatuv kengashi a’zosi jamoaning YECHLdagi imkoniyatlari haqida

Futbol
26 avgust, 06:14
«Sabah» kuzatuv kengashi a’zosi Igor Ponomaryov Ozarbayjon klubining kelgusi o‘yinlari haqida gapirdi.
«Ochko ulashuvchi jamoa bo‘lmaymiz» — «Sabah» kuzatuv kengashi a’zosi jamoaning YECHLdagi imkoniyatlari haqida
Foto: Gettyimages

«Sabah» klubi kuzatuv kengashi a’zosi Igor Ponomaryov Ozarbayjon klubining UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidagi ishtiroki, imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«O‘ylashimcha, «Sabah» Chempionlar Ligasida ochko ulashuvchi-jamoa bo‘lmaydi. Biz o‘zimizni «Real», «Bavariya» va boshqa katta klublar bilan taqqoslay olmaymiz, to‘g‘ri. Ammo vaziyatga boshqa tomondan qarasak, qo‘limizdan kelgancha yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz», — dedi Ponomaryov.

Eslatib o‘tamiz, «Sabah» tarixdagi ilk bor Chempionlar Ligasi final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi — bunday natijaga klub Isroilning «Hapoel Beyer-Shevaya»sini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etgach, (1:2; 5:2 qo‘shim. bo‘limlar) erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar