Germaniyaning «Bayer» klubi hujumchisi Kristian Kofane faoliyatini «Aston Villa»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Aston Villa» 20 yoshli kamerunlik transferi borasida Leverkuzen klubiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilgan. Ta’kidlanishicha, «sherlar» Olli Uotkins «Al Hilol» safiga yo‘l olgan taqdirda Kofaneni sotib olmoqchi. Biroq «Bayer» ingliz klubi qiziqishiga qaramay, futbolchisi bilan xayrlashishni istamayapti.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumda Kofane Germaniya Kubogining bitta o‘yinida maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Transfermarkt portali Kristianning aktual transfer narxini 40 million yevroga baholamoqda.