Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
«Manchester Siti» va «Chelsi» klublarining sobiq futbolchisi Rahim Sterling Angliyaning Farnboro shahri yaqinidagi transport chorrahasida qo‘lga olindi. To‘rt karra Angliya chempioni avtomobilni xavfli boshqarish, azot oksidi saqlash va tahlil uchun namuna topshirishdan bosh tortishda ayblanmoqda. Agar 31 yoshli futbolchining aybi isbotlansa, u ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Sterling 15-sentyabr kuni Beyzingstok shahrida sud oldida javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida The Sun nashri hozirda klubsiz bo‘lgan ushbu hujumchi giyohvand modda ta’sirida avtomobil boshqarganlikda gumonlanib hibsga olingani haqida yozgan edi. O‘shanda futbolchining mashinasidan taqiqlangan moddalar topilgan.