«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik jamoaning ketma-ket uchinchi chempionlikni qo'lga kiritish maqsadlari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, mutaxassis vinger Lamin Yamalning jarohati borasida ham gapirdi.
«Uning sog'lig'i bilan bog'liq ayrim muammolari bor edi. Lamin uch hafta ta'tilda bo'ldi, keyin esa atigi bir necha kun mashg'ulot o'tkazdi. Shuning uchun eng yaxshi holatini ko'rsata olmadi. Uning optimal formaga qaytishiga yordam berishimiz kerak. «Elche»ga qarshi o'yinda 60 daqiqa o'ynagani va dastlabki ikki golda ishtirok etganidan xursandman.
Haqiqiy chempion yana yangi maqsadlarni ko'zlaydi. Aynan shunday kayfiyat bo'lishi kerak. Barcha futbolchilarda g'alabaga ishtiyoq va chempionlikni ketma-ket uchinchi marta qo'lga kiritish istagi bor. Bu fantastik natija bo'lar edi. Shuni aniq ayta olamanki, biz aynan uchinchi chempionlik sari kurashishga tayyormiz», — deya Flikning so'zlaridan keltiradi Marca nashri.