«Manchester Yunayted» Alejandro Baldeni darhol sotib olishni istamayapti.
ESPN ma'lumotlariga ko'ra, mankunianliklar himoyachini bir mavsumga ijaraga olish va keyinchalik uni sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishni afzal ko'rishmoqda. «Barselona» esa o'z tarbiyalanuvchisini 30–40 million yevroga baholamoqda.
«Ko'k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 22 yoshli futbolchining kelajagi borasida qaror qabul qilishdan oldin u bilan uchrashib, suhbatlashmoqchi. Alex esa bu mavsumdagi o'yin amaliyoti borasida kafolat olishni istamoqda.
Ispaniya chempionatining o'tgan mavsumida himoyachi 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
«MYU» Baldeni avval ijaraga olmoqchi
Futbol
24 avgust, 18:30
Mankunianliklar «Barsa» himoyachisini darhol sotib olishni rejalashtirishmayapti.
Foto: Getty Images