Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti Samuėl Eto′O FIFA rahbari Janni Infantinoni himoya qildi.
Eslatib o'tamiz, iyul oyi oxirida FIFA Jahon chempionati translyatsiya va tijoriy huquqlarini sotish uchun FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli yangi tijoriy tuzilma tashkil etish rejasini ma'lum qilgandi. Keyinchalik futbol konfederatsiyalari tomonidan bildirilgan tanqidlar va UEFA'ga a'zo davlatlarning Jahon chempionatini boykot qilish tahdidi ortidan Infantino bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi.
Shundan so'ng bir qator futbol federatsiyalari bo'lajak saylovlarda Infantino nomzodini qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi.
«Menimcha, prezidentm Janni Infantino hech qanday noto'g'ri ish qilmagan. Menimcha, buning uchun aynan hozirgi vaqt tanlanganining sababi —Infantino ishtirokM etadigan saylovlar yaqinlashayotganidir. Bularning barchasi saylovlar yaqinlashayotgani uchun sodir bo'ldi, xolos.
Prezident futbolni o'zgartirdi. U ilgari bunday imkoniyatga ega bo'lmagan mamlakatlarga eng buyuk musobaqa — futbol bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini berdi. U kichik mamlakatlarga ushbu musobaqaga yo'llanma olishda yordam berdi.
U bizning qit'amizga ham yordam berdi. Ua federatsiyalarimizga ancha tezroq rivojlanish imkonini yaratdi va biz buni tan olishimiz kerak. U qilgan ishlarini qabul qilishimiz va e'tirof etishimiz, qilgan barcha ishlari uchun uni qo'llab-quvvatlashimiz kerak», — dedi Eto′O.
Eto'o: «Infantino futbolni o'zgartirdi. U Afrika qit'asiga ham yordam berdi»
Futbol
24 avgust, 18:05
Kamerun FF prezidenti FIFA rahbarini himoya qilib chiqdi.
Foto: Getty Images