Live
1
O'zbek

Dvalishvili: «Maxachev — eng yaxshi jangchilardan biri, ammo UFC'dagi GOAT — Jons»

MMA
24 avgust, 15:47
Gruziyalik atlet eng yaxshi jangchi borasida o'z fikrini izohladi.
Dvalishvili: «Maxachev — eng yaxshi jangchilardan biri, ammo UFC'dagi GOAT — Jons»
Foto: Getty Images

Merab Dvalishvili tarixdagi eng yaxshi jangchi sifatida Jon Jonsni hisoblaydi, Islom Maxachevni emas.

«Maxachev — dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri, ammo men uchun tarixdagi eng buyuk jangchi — Jon Jons. U chempionlik kamarini eng ko'p himoya qilgan, turnirlarda eng ko'p asosiy janglarda ishtirok etgan.

Islom — ajoyib jangchi, uni hurmat qilaman, ammo haqiqiy GOAT — Jons»
, — deya Dvalishvilining so'zlarini keltiradi Helen Yee Sports.

Maxachev va Jonsning hisobida 29 tadan g'alaba va 1 tadan mag'lubiyat bor. Ikkalasi ham ikki xil vazn toifasida chempion bo'lgan va chempionlik kamarlari himoya qilgan.

Bugungi yangiliklar