Live
1
O'zbek

Delap "Nottinghem Forest"ga o'tishga yaqin

Futbol
24 avgust, 17:43
"O'rmonchilar" 23 yoshli forvardning transferi borasida "Chelsi" bilan kelishuvga erishish arafasida.
Delap "Nottinghem Forest"ga o'tishga yaqin
Foto: Getty Images

Liam Delap katta ehtimol bilan faoliyatini "Nottinghem Forest"da davom ettiradi.

Jurnalistlar Florian Plettenberg va Ben Jeykobsning xabar berishicha, "o'rmonchilar" 23 yoshli hujumchining transferi borasida "Chelsi" bilan kelishuvga erishish arafasida.

Klublar o'rtasidagi muzokaralar ilg'or bosqichda. "Nottinghem" futbolchining shaxsiy shartnoma shartlaridan xabardor va ularni kelishishda hech qanday muammo bo'lishini kutmayapti.

Delapning o'zi esa yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tishga allaqachon tayyor.

Liam o'tgan yozda "Ipsvich"dan 30 million funt evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. U APLning avvalgi mavsumida 28 ta bahsda maydonga tushib, atigi 1 ta gol urdi. Hujumchi har bir o'yinda o'rtacha 39 daqiqa maydonda harakat qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Nottingem F Nottingem F
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar