Live
8
O'zbek

Andrey Shipilov: "Durangga munosib emasdik"

Eksklyuziv
24 avgust, 13:32
"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi "Buxoro"ga qarshi bahsdan so'ng oʻz fikrlarini bildirdi.
Andrey Shipilov: "Durangga munosib emasdik"
Фото: Қўқон-1912 ПФК
24.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Qo'qon-1912 Qo'qon-1912 1 : 1 Buxoro Buxoro

Superliganing 19-turidan oʻrin olgan "Qo'qon-1912" - "Buxoro" oʻrtasidagi bellashuv 1:1 hisobida yakun topdi.

Aslida maydon egalari g'alaba yaqin kelishgandi. Biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada muvozanat tiklandi va uchrashuvda g'olib aniqlanmadi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov oʻz fikrlarini bildirdi.

- O'zingiz ham ko'rdingiz, bugun durangga munosib emasdik. Raqibimiz bizdan ikki kun ko'proq dam olgan boʻlsa-da, maydonda biz yaxshiroq to'p surdik. Munosib o'yin koʻrsatdik. Yigitlardan ham oxirigacha kurashishni so'ragandim. Futbolda koʻp narsani ko'zga ko'rinmas mayda-chuyda jihatlar hal qiladi. Raqibimizda gol urish uchun bitta imkon boʻldi va shundan foydalana olishdi.

- Oʻzingiz ularda bitta imkon boʻldi, gol urishdi, dedingiz. Darvozabon bunday mahalda jamoa joniga aro kirmaydimi?

- Kirishi kerak. Darvozabon yuz foiz qutqarishi darkor. Bo'lib ham oʻyin oxirlab qolgan edi. Nafaqat posbon, balki maydondagi qolgan oʻyinchilarimiz ham misoli devor boʻlib himoyada turishlari shart edi. Darvozabon ham oʻz burchagini yopmasa boʻlmasdi. Bunday mahalda diqqatni bir joyga jamlash kerak xolos. Bori shu!", - deya Andrey Sergeyevichning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar